Rossiyada VPN yuklab olish hajmi 14 baravarga oshdi

1 daqiqa o'qish525
Rossiyada VPN yuklab olish hajmi 14 baravarga oshdi

Rossiyada VPN ilovalariga bo'lgan talab keskin darajada o'sdi. Digital Budget ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yilning mart oyida foydalanuvchilar Google Play orqali 9,2 mln marta bunday dasturlarni yuklab olgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 14 baravarga ko'pdir.

2025 yilning martidan 2026 yilning martigacha bo'lgan davrda jami o'rnatishlar soni 35,7 mln donaga yetdi. Eng yuqori faollik 2026 yilning birinchi choragida kuzatilib, uch oy ichida 21 mln martadan ortiq yuklab olish qayd etilgan.

Ayrim ommabop servislar bir oyning o'zida 2,5 mln martadan ko'p o'rnatilgan.

Sensor Tower portali tahliliga ko'ra, 2025 yil yakunida Rossiyadagi eng ommabop beshta VPN servisining faol foydalanuvchilari bazasi 7,3 mln kishiga yetgan. Shu bilan birga, App Store tizimida VPN ilovalarini o'chirish holatlari ham ko'paymoqda.

Aprel oyi oxiriga kelib, Rossiya segmentida 116 ta ilova bloklangan.

Raqamli rivojlanish vazirligi vakillari mahalliy servislarning VPN yoqilgan holatda ishlamasligi sabablarini tushuntirgan. Hozirda Google Play yuklab olishlar bo'yicha asosiy manba bo'lib qolmoqda, biroq nazorat qiluvchi organlar talabi bilan o'nlab servislar do'konlardan olib tashlanmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?