date

Stalin saqlangan mashhur Zindon qalʼasida taʼmirlash boshlandi

Stalin saqlangan mashhur Zindon qalʼasida taʼmirlash boshlandi

Ozarbayjonning Lenkoran shahrida joylashgan tarixiy ahamiyatga ega meʼmoriy inshoot — SSSRni qariyb 30 yil davomida boshqargan Iosif Stalin saqlangan Zindon qalʼasini qayta taʼmirlash ishlari boshlandi. Bu haqda “Oxu.az” nashri xabar tarqatdi.

Maʼlum qilinishicha, rekonstruksiya ishlari Ozarbayjon Madaniyat vazirligi buyurtmasi asosida, madaniy merosni muhofaza qilish xizmati nazorati ostida amalga oshirilmoqda.

Taʼmirlash ishlariga bir necha yil avval binodan tom qismi qulab tushgani va shu sababli qalʼa yaroqsiz holatga kelib qolgani turtki boʻlgan.

Ushbu qalʼaning balandligi 20 metr, diametri esa 72 metrni tashkil etadi. U turli davrlarda turlicha maqsadlarda qoʻllanilgan. Xususan, 1869–1959 yillar davomida u qamoqxona sifatida faoliyat yuritib, “Zindon qalʼasi” nomi bilan mashhur boʻlgan.

Tarixiy manbalarga koʻra, XX asr boshlarida mazkur joyda Iosif Stalin ham saqlangan. U 1903–1904 yillarda hukumat mablagʻlarini tashib ketayotgan poyezdni bosqin qilish ishi boʻyicha hibsga olingan va keyinchalik safdoshlari yordami bilan qochib ketgan.

Qamoqxona aslida 140 nafarga moʻljallangan boʻlsa-da, amalda 310 nafargacha mahbus saqlangani aytilmoqda. Ular qalʼaga yerosti yoʻli orqali olib kirilgan, biroq vaqt oʻtishi bilan yerosti suvlari taʼsirida ushbu yoʻl yaroqsiz holga kelgan.

Shuningdek, binodan 1970–1990 yillar oraligʻida tikuv fabrikasi sifatida ham foydalanilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Stalin saqlangan mashhur Zindon qalʼasida taʼmirlash boshlandi