date

Ronalduning golsiz o'yindan keyingi bayonoti e'lon qilindi

Ronalduning golsiz o'yindan keyingi bayonoti e'lon qilindi

Saudiya Arabistoni Pro-ligasining dushanba kungi uchrashuvida «Al-Nasr» «Al-Taavun»ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Bahsdan so'ng Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda qisqa fikr qoldirdi. Portugaliyalik hujumchi bu safar gol ura olmadi, biroq jamoaning g'alabasidan mamnunligini yashirmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Qadam-baqadam. Maqsadimizga to'liq diqqat!» — deya yozdi Ronaldu.

Ushbu uch ochko «Al-Nasr»ni turnir jadvalida ikkinchi o'ringa olib chiqdi. Peshqadam «Al-Hilol»dan ortda qolish hozircha 5 ochkoni tashkil etmoqda.

5 fevral kuni Ronaldu 41 yoshga to'ladi. Forvardning «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum yakunigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronalduning golsiz o'yindan keyingi bayonoti e'lon qilindi