date

Linkoln Mourinyoni tanqid qildi u va’dasida turmadi

Linkoln Mourinyoni tanqid qildi u va’dasida turmadi

«Fenerbahche»ning sobiq futbolchisi Linkoln portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyoning o‘ziga bo‘lgan munosabatidan norozi ekanini aytdi. Mourinyu Istanbul jamoasini 2024–2025 yillarda boshqargan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Linkolnning so‘zlariga ko‘ra, murabbiy unga bergan va’dasini bajarmagan va bu holatni hurmatsizlik deb baholagan. Futbolchi «Xall Siti»ga ijaraga ketishidan oldin Mourinyu bilan gaplashgani, u esa yozgi yig‘inga Portugaliyaga chaqirishini aytganini ta’kidladi.

Biroq mavsum yakunlangach, Linkoln yig‘inga chaqiruv kutgan, tarjimon orqali Mourinyu bilan bog‘lanmoqchi bo‘lganida esa murabbiy muloqotdan bosh tortib, sport direktoriga murojaat qilishni aytgan. Natijada jamoa Portugaliyada bo‘lgan paytda Linkoln ham Portugaliyada uyida turganiga qaramay, u Istanbulga yuborilgan va alohida shug‘ullanish topshirig‘ini olgan.

Futbolchi o‘ziga nisbatan adolatsiz munosabat bo‘lganini, ko‘plab o‘yinlarda klubga foyda keltirish uchun borini berganini, hatto o‘z pozitsiyasida bo‘lmasa ham maydonda jonbozlik ko‘rsatganini aytdi. Shuningdek, og‘ir jarohatdan keyin qo‘llab-quvvatlash kutganini, ammo buni sezmaganini qo‘shimcha qildi.

Linkoln bu fikrlarni Fanatik nashriga bergan intervyusida bildirgan. Hozirda Joze Mourinyu «Benfika»ni boshqarmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Linkoln Mourinyoni tanqid qildi u va’dasida turmadi