Aleshandre Pato Angliyadagi klubni sotib olishi mumkin

“Milan”ning sobiq hujumchisi, braziliyalik Aleshandre Pato yaqin orada futbolga qaytishi mumkin, biroq bu safar maydonda emas. Manbalarga ko‘ra, Pato Angliyaning “Kolchester” klubi aksiyalarining nazorat paketini sotib olish bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Hozir “Kolchester” League Two — Angliya futbolidagi kuchi bo‘yicha to‘rtinchi divizionda ishtirok etadi. Klub rahbariyati braziliyalik bilan muloqot borayotganini tasdiqladi, Patoning o‘zi ham so‘nggi paytlarda jamoa o‘yinlarini stadionda tez-tez kuzatib turgani aytilmoqda.
Danni Kouli boshchiligidagi jamoa ayni damda o‘sish bosqichini boshdan kechirmoqda va League One’ga chiqish uchun kurashga jiddiy qo‘shilgan. Patodek taniqli va xarizmatik shaxsning klubga kelishi esa ushbu maqsad yo‘lida muhim media turtki bo‘lishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!