date

Disney barcha xizmatlarini birlashtiruvchi «super ilova» yaratmoqchi

Disney barcha xizmatlarini birlashtiruvchi «super ilova» yaratmoqchi

Bloomberg xabariga koʻra, Disney rahbariyati Disney+ striming xizmatini Disneyland Resort va Disney Cruise Line Navigator kabi boshqa platformalar bilan birlashtirib, yagona «super ilova» yaratish ustida ishlamoqda. Garchi bu loyiha hali dastlabki bosqichda boʻlsa-da, kompaniya ichida u aynan shu nom bilan atalmoqda. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Disney bosh direktori Josh D’Amaro kompaniya tajribasini soddalashtirish va Disney+ hamda parklar oʻrtasidagi aloqani yanada mustahkamlash niyatida. Uning soʻzlariga koʻra, Disney+ muxlislar bilan asosiy bogʻlovchi boʻgʻinga aylanishi va barcha xizmatlar shu yerda jamlanishi kerak.

Ushbu tashabbus Elon Muskning X platformasini Xitoyning WeChat ilovasi kabi «barchasi birda» tizimiga aylantirish gʻoyasini eslatadi. Biroq Disneyning maqsadi toʻlovlar yoki xabarlar almashinuvi kabi global funksiyalarni emas, balki oʻzining mobil platformalarini yagona ekotizimga jamlashni koʻzlaydi.

Ekspertlarning fikricha, D’Amaro Disney+ obunachilarini parklarga jalb qilish orqali kompaniya daromadlarini oshirishni maqsad qilgan. Shunga qaramay, striming xizmati foydalanuvchilari va park tashrif buyuruvchilari har doim ham bir xil auditoriya emasligi, ilovaning reklama bilan haddan tashqari toʻlib ketishi foydalanuvchilarda noqulaylik tugʻdirishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Disney barcha xizmatlarini birlashtiruvchi «super ilova» yaratmoqchi