date

Aleksandr Pato Angliya klubini sotib olishga yaqin turibdi

Aleksandr Pato Angliya klubini sotib olishga yaqin turibdi

“Milan”ning sobiq hujumchisi Aleksandr Pato yaqin orada futbolga qaytishi mumkin, biroq bu safar maydonda emas, boshqaruv tarafida. Braziliyalik futbolchi Angliyaning “Kolchester” klubida nazorat paketini sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Kolchester” hozirda League Two — Angliya futbolidagi to‘rtinchi darajali divizionda ishtirok etadi. Klub rahbariyati Pato bilan muzokaralar borayotganini tasdiqladi, so‘nggi paytlarda esa u jamoa o‘yinlarida tez-tez ko‘rinish bermoqda.

Danni Kouli qo‘l ostidagi jamoa hozir ijobiy formaga kirgan va League One’ga ko‘tarilish uchun kurash olib bormoqda. Patodek taniqli va xarizmatik shaxsning kelishi “Kolchester”ga media e’tibori hamda qo‘shimcha turtki berishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Pato Angliya klubini sotib olishga yaqin turibdi