Real Mbappe holati bo'yicha yangi ma'lumot berdi

Yevropa Chempionlar ligasida «Benfika»ga qarshi safardagi uchrashuv oldidan «Real» mashg'ulotlarni davom ettirmoqda. Dushanba kuni Alvaro Arbeloa boshchiligidagi jamoa navbatdagi treningni o'tkazdi va klub rasmiy sayti ayrim futbolchilarning tayyorgarligi haqida yangilik berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Kilian Mbappe individual dastur asosida o'rtacha yuklama bilan shug'ullangan. Antonio Ryudiger mashg'ulotning bir qismini umumiy guruh bilan o'tkazib, keyin alohida ishlagan. Shuningdek, Mbappe va Karreras ham individual rejimda o'rtacha intensivlikda tayyorgarlik ko'rgan, Eder Militao esa zalda mashq qilgan. Ferlan Mendi esa maydon va yopiq inshootda yakka tartibda shug'ullangan.
«Benfika» — «Real» uchrashuvi 28 yanvar kuni soat 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi. Lissabondagi bahs tafsilotlarini LiveResult portali matnli translyatsiya orqali yoritib boradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!