date

Yuriy Syomin Chempionlar ligasidagi asosiy favoritni aytdi

Yuriy Syomin Chempionlar ligasidagi asosiy favoritni aytdi

Rossiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Yuriy Syomin «Yevro-Futbol.Ru»ga bergan intervyusida Chempionlar ligasining yaqinlashib kelayotgan pley-off bosqichi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis guruh bosqichining o‘ziyoq tomoshabop va intrigalarga boy o‘tgani, pley-off esa an’anadagidek yanada keskin kechishini ta’kidladi. Syominning fikricha, bu bosqichda eng kuchlisi g‘olib chiqadi, biroq u bosh sovringa eng yaqin jamoa sifatida Londonning «Arsenal»ini ko‘rsatdi.

«Arsenal» hozircha turnirda benuqson natija qayd etgan yagona klub: 7 o‘yinda 7 g‘alaba. «To‘pchilar» Chempionlar ligasi jadvalida peshqadamlik qilmoqda va 28-yanvar kuni yakuniy turda «Qayrat»ni qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yuriy Syomin Chempionlar ligasidagi asosiy favoritni aytdi