Kilmess stadionini yangilash uchun muxlislardan yordam so'radi

1887 yilda tashkil topgan va Argentinaning eng qadimiy klublaridan biri sanaladigan «Kilmess» hozir qiyin davrni boshdan kechirmoqda. Klub rahbariyati vaziyatdan chiqish yo'li sifatida muxlislar yordamini so'radi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Gap odatdagidek moliyaviy xayriya haqida emas. «Kilmess» stadioni qayta qurilishi rejalashtirilayotgani sabab, muxlislarga maydonga kelib, jismoniy mehnat orqali ta'mirlash va qayta jihozlash ishlarida bevosita qatnashish taklif qilindi.
Janubiy yarimsharda jazirama yoz davom etayotganiga qaramay, klubning ko'plab muxlislari bu chaqiriqqa ijobiy javob berdi va stadiondagi ishlarga ko'ngilli bo'lib qo'shildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing