date

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi

Turinning “Yuventus” klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege yana Argentinaga keldi. U avvalroq “River Pleyt” safida to‘p surib, klub bilan Argentinaning ikkinchi ligasida chempionlikni ham qo‘lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bu safar Trezege maydonga emas, klubning boshqaruv tizimiga qo‘shilish uchun qaytdi. “River Pleyt” uni butun rahbariyat ishtirokida taqdim etdi, biroq sobiq futbolchining aniq lavozimi hozircha ochiqlanmadi.

Ma’lum qilinishicha, Trezege strategik masalalar bilan shug‘ullanadi hamda “River Pleyt”ni institutsional darajada vakillik qiladi. Eslatib o‘tamiz, fransuz futbolchi 2015 yilda faoliyatini yakunlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi