date

Djikiya agenti himoyachining Antalyasporni tark etishi haqida gapirdi

Djikiya agenti himoyachining Antalyasporni tark etishi haqida gapirdi

"Antalyaspor" futbolchisi Georgiy Djikiyaning agenti Vladimir Kuzmichyov rossiyalik himoyachining kelajagi borasidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uning aytishicha, Djikiya bilan hammasi joyida va klub futbolchiga ishonmoqda. So‘nggi o‘yinlarda maydonga tushmagani esa mikrojarohat bilan bog‘liq bo‘lgan, hozir esa u to‘liq tiklangan va keyingi uchrashuvda o‘ynashi kutilmoqda.

Avvalroq turk matbuotida "Spartak"ning sobiq sardori bilan xayrlashish ehtimoli borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Djikiyaning bu mavsum Turkiya chempionatida 12 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgani qayd etildi. Uning "Antalyaspor" bilan shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Djikiya agenti himoyachining Antalyasporni tark etishi haqida gapirdi