date

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleyt rahbariyatiga qo'shildi

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleyt rahbariyatiga qo'shildi

Turinning «Yuventus» klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege yana Argentinaga qaytdi. U avval «River Pleyt» safida ham to'p surib, jamoa bilan mamlakat ikkinchi divizionida chempionlikni ham qo'lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Endi Trezege Buenos-Ayresdagi klubga bu safar futbolchi sifatida emas, boshqaruv tarkibi a'zosi sifatida qaytdi. Uning «River Pleyt»dagi aniq lavozimi ochiqlanmagan bo'lsa-da, klub rahbariyati ishtirokida maxsus taqdimot o'tkazildi.

Tadbirda Trezege strategik masalalar bilan shug'ullanishi va «River Pleyt»ni institutsional darajada namoyish etishi ma'lum qilindi. Eslatib o'tamiz, fransuz futbolchi 2015 yilda faoliyatini yakunlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » David Trezege Buenos-Ayresda River Pleyt rahbariyatiga qo'shildi