PSJ darvozaboni Safonov yana safga qaytganini bildirdi

PSJ darvozaboni Matvey Safonov Telegram sahifasida mashg'ulotdan olingan suratlarni ulashdi va muxlislarga muhim xabar berdi: u yana safda va maydonga tushishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
"Yana ishga qaytdim! Ertangi uchrashuvga tayyorlanyapmiz", — deb yozdi Safonov.
Rossiyalik posbon ancha vaqtdan beri PSJ safida o'ynamayotgandi. O'tgan oy u "Flamengo"ga qarshi Qit'alararo kubok finalida qo'lidan jarohat olgan. O'sha bahsda Safonov penaltilar seriyasida to'rtta zarbani qaytarib, jamoasi qahramoniga aylangandi.
28-yanvar, chorshanba kuni PSJ Chempionlar ligasida "Nyukasl"ni o'z maydonida qabul qiladi. Uchrashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing