Real Vinisius bilan yangi shartnomani qachon e'lon qilishi ma'lum bo'ldi

Madridning "Real" klubi hujumchi Vinisius Junior bilan yangi shartnoma imzolanganini yozda bo'lib o'tadigan klublar o'rtasidagi jahon chempionati startidan oldin rasman e'lon qilmoqchi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Futbol del Sr.Destrangis xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi bilan kelishuv 2031 yil yozigacha mo'ljallanadi. Shundan so'ng Vinisius "qirollik klubi"dagi eng ko'p maosh oladigan futbolchilar ro'yxatida Kilian Mbappedan keyin ikkinchi o'ringa chiqadi. Turli bonuslar ham inobatga olinsa va barcha shartlar bajarilsa, uning daromadi fransuz yulduzining maoshiga yaqinlashadi.
Vinisius 2018 yilda "Flamengo"dan "Real"ga 45 million yevro evaziga ko'chib o'tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 31 o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!