date

Atletiko Bavariya yarim himoyachisini tezroq olib kelmoqchi

Atletiko Bavariya yarim himoyachisini tezroq olib kelmoqchi

Diego Simeone jamoasida kadrlar muammosi yuzaga kelgan, shuning uchun «Atletiko» qishki transfer oynasining so‘nggi kunlarini faol o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, madridliklar «Bavariya» yarim himoyachisi Leon Goretska bo‘yicha muzokaralarni jadallashtirgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Goretskaning Myunxen klubi bilan shartnomasi yozgacha mo‘ljallangan va mavsum yakunida u erkin agentga aylanishi mumkin. «Bavariya» hozir futbolchini 20 million yevroga baholamoqda, «Atletiko» esa shartnoma muddati tugayotganini inobatga olib, bu narxni oshirib yuborilgan deb hisoblamoqda.

2025/2026 yilgi mavsumda Leon Goretska barcha musobaqalarda 28 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Atletiko Bavariya yarim himoyachisini tezroq olib kelmoqchi