date

PSJ darvozaboni Safonov maydonga qaytganini bildirdi

PSJ darvozaboni Safonov maydonga qaytganini bildirdi

"PSJ" darvozaboni Matvey Safonov Telegram’dagi sahifasida mashg‘ulotlardan suratlar ulashib, eng muhim yangilikni ma’lum qildi: u yana safda va o‘yinlarga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

"Yana ishga qaytdim! Ertangi o‘yin uchun tayyorgarlik ko‘ryapmiz", — deb yozdi Safonov.

Rossiyalik posbon ancha vaqtdan beri "PSJ" safida maydonga tushmagandi. U o‘tgan oy Qit’alararo kubok finalida "Flamengo"ga qarshi bahsda qo‘lidan jarohat olgan.

O‘sha finalda Safonov qahramonga aylangandi: u o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida to‘rtta zarbani qaytargan.

28-yanvar, chorshanba kuni "PSJ" Chempionlar ligasida uy maydonida "Nyukasl"ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » PSJ darvozaboni Safonov maydonga qaytganini bildirdi