Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenxua Osiyoda yana yutqazdi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 6-turida safarda «Sanfrechche Xirosima»ga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi va yana ochkolar ololmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada kiritildi: yaponlar safida himoyachi Hayato Araki hal qiluvchi zarbani yo'lladi. Shu tariqa Xitoy klubi uchun bu turnirdagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyat qayd etildi.
Olti turdan so'ng Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan turnir jadvalida 11-o'rinda bormoqda. «Xirosima» esa 11 ochko jamg'argan holda uchinchi pog'onaga ko'tarildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing