date

Rossiya terma jamoasi shifokori Safonovning holatini ma'lum qildi

Rossiya terma jamoasi shifokori Safonovning holatini ma'lum qildi

Rossiya terma jamoasi shifokori Mixail Vartapetov PSJ darvozaboni Matvey Safonovning qo'lidagi jarohatdan keyingi tiklanish jarayoni haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning aytishicha, futbolchining o'zidan kelayotgan ma'lumotlarga ko'ra tiklanish rejadagidek ketmoqda. Shifokor Safonov yaqin orada maydonga qaytib, o'yinlarda ishtirok etishiga umid bildirdi, darvozabonning kayfiyati esa ijobiy va jangovar ekanini ta'kidladi.

Eslatib o'tamiz, 26 yoshli golkiper jarohatni Qit'alararo kubok doirasida Braziliyaning «Flamengo» klubiga qarshi o'yinda olgandi.

Safonovning Parij klubi bilan shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Futbolchining bozor qiymati 15 million yevroga baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rossiya terma jamoasi shifokori Safonovning holatini ma'lum qildi