Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar Ligasida yana yutqazdi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi “Shanxay Shenxua” Osiyo Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 6-turida safarda “Sanfrecce Xirosima”ga 0:1 hisobida maglub bo‘lib, yana ochkosiz qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada kiritildi — yaponlar safida himoyachi Hayato Araki aniq zarba berdi. Bu natija Xitoy klubi uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi maglubiyat bo‘ldi.
Olti turdan keyin “Shanxay Shenxua” 4 ochko bilan jadvalda 11-o‘rinni egallab turibdi. “Xirosima” esa 11 ochko jamg‘argan holda uchinchi pog‘onada bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing