date

PSJ darvozaboni Safonov yana safga qaytganini bildirdi

PSJ darvozaboni Safonov yana safga qaytganini bildirdi

«PSJ» darvozaboni Matvey Safonov Telegramdagi sahifasida mashg‘ulotlardan suratlar ulashdi va eng muhimi, muhim xabar berdi: u yana safda va o‘yinlarga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Yana ishga qaytdim! Ertangi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ryapmiz», — deya yozdi rossiyalik futbolchi.

Safonov bir muddat «PSJ» safida maydonga tusha olmagandi. O‘tgan oy u Qit’alararo kubok finalida «Flamengo»ga qarshi bahsda qo‘lidan jarohat olgan. O‘sha finalda u penaltilar seriyasida to‘rt zarbani qaytarib, jamoasi qahramoniga aylangandi.

«PSJ» 28-yanvar, chorshanba kuni Chempionlar ligasida «Nyukasl»ga qarshi uy uchrashuvini o‘tkazadi. Bellashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » PSJ darvozaboni Safonov yana safga qaytganini bildirdi