N'Golo Kante Al-Ittihaddan Al-Nasrga o'tishi mumkin

“Al-Ittihad” yarim himoyachisi N'Golo Kante yaqin orada Saudiya Arabistonidagi boshqa klubga ko'chib o'tishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Al-Nasr”ning yuridik bo'limi sobiq direktori Saad Al Subay ma'lumotiga ko'ra, klub fransuz tayanch yarim himoyachisini o'z safiga qo'shib olishga qiziqmoqda. Bitim yanvar oyi yakuniga qadar amalga oshishi mumkin.
Kante 2023 yilda “Chelsi”dan erkin agent sifatida “Al-Ittihad”ga kelgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda fransuz futbolchisi Saudiya klubi safida barcha musobaqalarda 25 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali yarim himoyachining qiymatini 4,5 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing