date

Jikiya agenti himoyachi Antalyasporni tark etmasligini aytdi

Jikiya agenti himoyachi Antalyasporni tark etmasligini aytdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Jikiyaning agenti Vladimir Kuzmichyov futbolchining kelajagi borasidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning ta’kidlashicha, Jikiyaning ahvoli yaxshi va klub uning xizmatiga tayanmoqda. So‘nggi o‘yinlarda u maydonga tushmagani sababi mikrojaroqat bo‘lgan, hozir esa to‘liq tiklangan. Kuzmichyovning fikricha, himoyachi keyingi uchrashuvdayoq safga qaytib o‘ynashi mumkin.

Avvalroq OAVda turk klubi «Spartak»ning sobiq sardori bilan xayrlashishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Jikiya joriy mavsum Turkiya chempionatida 12 ta uchrashuvda qatnashib, 2 bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Uning «Antalyaspor» bilan shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha amal qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jikiya agenti himoyachi Antalyasporni tark etmasligini aytdi