Rossiyada "Alisa AI" eng mashhur sun'iy intellekt servisiga aylandi

OMI kompaniyasi o'tkazgan tadqiqotga ko'ra, neyrotarmoqlar Rossiyada shunchaki kontent yaratish vositasidan qaror qabul qilish vositasiga aylanmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Yoshlar ushbu texnologiyalardan faol foydalanmoqda. Xususan, 18-24 yoshdagi foydalanuvchilarning yarmi haftasiga kamida uch marta sun'iy intellektga murojaat qiladi.
Foydalanuvchilarning 62 foizi reklama ko'rsatiladigan bepul formatni afzal ko'radi. Har beshinchi kishi xarid qilish yoki bo'sh vaqtni o'tkazishda neyrotarmoqlardan yordam so'raydi.
Eng ommabop xizmatlar ro'yxatida "Alisa AI" 71 foiz ko'rsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o'rinlarni ChatGPT (42 foiz), GigaChat (38 foiz) va DeepSeek (25 foiz) egallagan.
So'rovnoma ishtirokchilarining 52 foizi Rossiya sun'iy intellekt sohasida yetakchi davlatlar qatoriga kirishiga ishonch bildirgan. Tadqiqot 2026 yil mart oyida 2328 nafar foydalanuvchi o'rtasida o'tkazildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!