SanDisk sun'iy intellekt sababli 5 yillik shartnomalarga o'tdi

1 daqiqa o'qish167
SanDisk sun'iy intellekt sababli 5 yillik shartnomalarga o'tdi

Sun'iy intellekt infratuzilmasining jadal rivojlanishi fonida SSD va HDD ishlab chiqaruvchilari 5 yilgacha bo'lgan uzoq muddatli shartnomalarga o'tmoqda. Xususan, "SanDisk" kompaniyasi SSD yetkazib berish bo'yicha 5 yillik shartnomalar tuzishni boshladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

"SanDisk" moliya direktori Luis Visosoning ta'kidlashicha, bunday kelishuvlar qat'iy va o'zgaruvchan narxlarni o'z ichiga oladi. Shuningdek, ularda choraklik yetkazib berish hajmlari belgilanadi.

Bu kompaniyaga talabni aniqroq prognoz qilish va ishlab chiqarishni kelajakdagi daromad bilan muvofiqlashtirish imkonini beradi.

Qattiq disk ishlab chiqaruvchilarida ham rejalashtirish ufqi sezilarli darajada kengaydi. "Seagate" rahbari Uilyam Mosli kompaniya yirik mijozlar bilan ekzabayt hajmdagi yetkazib berish bo'yicha yirik shartnomalar tuzganini ma'lum qildi.

Nearline-disklari uchun quvvatlar 2027 yil oxirigacha deyarli to'liq taqsimlangan.

"Western Digital" kompaniyasida ham shunga o'xshash holat kuzatilmoqda. Kompaniya rahbari Irving Tanning so'zlariga ko'ra, shartnoma muddatlari 2028-2029-yillargacha yetmoqda.

Natijada, xotira qurilmalari o'zgaruvchan narxdagi tovardan ko'p yillik barqaror talabga ega mahsulotga aylanmoqda. Bunday yondashuv ortiqcha ishlab chiqarish xavfini kamaytiradi va sun'iy intellekt bozoridagi o'sib borayotgan talabdan ortda qolmaslikka yordam beradi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?