date

VTB banki "Pochta banki" bilan birlashish jarayonini yakunladi

VTB banki "Pochta banki" bilan birlashish jarayonini yakunladi

VTB banki "Pochta bank" bilan yuridik birlashish jarayonini to'liq yakunladi. Ushbu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Birlashgan bank tarmog'i Rossiyadagi eng yirik tarmoqqa aylandi. Endilikda VTB mijozlari 4,5 mingta xizmat ko'rsatish nuqtasi va 23 mingta pochta bo'limida xizmatlardan foydalanishi mumkin.

VTB boshqaruvi raisi Andrey Kostin mijozlar xizmatlardan onlayn, bo'limlarda, sayyor menejerlar orqali va pochta bo'limlarida foydalanishi mumkinligini ta'kidladi.

Andrey Kostin: «VTB va "Pochta bank" birlashuvi so'nggi yillardagi eng yirik integratsiya loyihalaridan biridir. Biz yirik va kichik shaharlar o'rtasidagi farqni yo'qotib, moliyaviy xizmatlar ko'rsatish modelini o'zgartirdik».

2024 yilda VTB "Pochta bank"dagi ulushni to'liq sotib olib, kredit tashkilotining yagona egasiga aylangan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » VTB banki "Pochta banki" bilan birlashish jarayonini yakunladi