RB Leyptsig Sankt-Pauli bilan o'yinda g'alabani boy berdi

Germaniya Bundesligasining 19-turida «Sankt-Pauli» o'z maydonida «RB Leyptsig»ni qabul qildi va uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'yinning 8-daqiqasidayoq Xaver Shlager jamoasini oldinga olib chiqishi mumkin edi, biroq uning zarbasi ustunga tegib qaytdi. Mezbonlar ham vaziyatlar yaratdi: Riki-Jeyd Jons jarima maydonida bo'sh qolgan holda darvozani nishonga ololmadi, bundan tashqari u ofsaydda ham turgan edi. Birinchi bo'lim oxirida Yan Diomand jarima maydoniga uzatma berdi, Antonio Nusaning zarbasini esa darvozabon qaytardi.
66-daqiqada «RB Leyptsig» burchak to'pidan keyingi hujumni davom ettirdi va Diomand rikoshet yordamida to'pni darvozaga kiritib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi — 0:1. Yakuniy daqiqalarda esa vaziyat o'zgardi: qo'shib berilgan vaqtda David Raum jarima maydonida Marteyn Karsga qarshi qoida buzdi va hakam penalti belgiladi. 11 metrlik zarbani Kars aniq ijro etdi — 1:1.
Durangdan so'ng «buqalar» turnir jadvalida 4-o'ringa ko'tarildi, «Sankt-Pauli» esa pastdan ikkinchi pog'onada qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!