Al-Hilol muxlislari Teo Ernandesning hozirgi holatidan norozi

Fransuz himoyachisi Teo Ernandes "Milan"ni tark etib Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi, biroq yangi jamoasida kutilgan darajada taassurot qoldira olmayapti. Shu bois hozir u to‘p surayotgan "Al-Hilol" muxlislari futbolchining o‘yinidan norozi bo‘la boshladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yaqinda Teo klubining navbatdagi mag‘lubiyatidan keyin ijtimoiy tarmoqlarda muxlislardan uzr so‘radi. Ammo bu qadam uni qo‘llab-quvvatlash o‘rniga, kommentariyalarda keskin munosabatlar to‘lqinini keltirib chiqardi.
Izohlarda fanatlar uning uzrlari zeriktirib yuborganini, jismoniy holati yomonlashgani va avvalgidek yugurmay qo‘yganini ta’kidlashdi. Ayrimlar esa Ernandes maydonda shunchaki “raqam” uchun o‘ynayotgani, bu hatto Saudiya chempionatida ham yaqqol ko‘rinayotganini yozdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!