RB Leyptsig Sankt-Pauliga qarshi g'alabani qo'ldan chiqardi

Germaniya Bundesligasining 19-turida “Sankt-Pauli” o'z maydonida “RB Leyptsig”ni qabul qildi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'yin boshida mehmonlar tezda oldinga chiqib ketishi mumkin edi: 8-daqiqada Ksaver Shlagerning zarbasi ustunga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi. “Sankt-Pauli” ham javob hujumlarida imkoniyatlar topdi — Riki-Jeyd Jons jarima maydonida bo'sh qolgan vaziyatda nishonga aniq ura olmadi, qolaversa ofsaydda ham edi. Birinchi bo'lim oxirida esa Yan Diomandning uzatmasidan keyin Antonio Nusaning zarbasini darvozabon qaytardi.
66-daqiqada “RB Leyptsig” bosimini golga aylantirdi: burchakdan uzatma samara bermadi, biroq hujum davom etdi va Diomand rikoshet yordamida to'pni to'rga yo'lladi — 0:1. Qo'shib berilgan daqiqalarda Davide Raum jarima maydonida Marteyn Karsga qarshi qo'pollik qildi va hakam penalti belgiladi. 11 metrlikdan Kars darvozabon zarba yo'nalishini topganiga qaramay, aniq ijro etib, hisobni tenglashtirdi — 1:1.
Ushbu durangdan so'ng “buqalar” turnir jadvalida 4-o'ringa ko'tarildi, “Sankt-Pauli” esa pastki pog'onalarda — oxiridan ikkinchi o'rinda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!