Ngolo Kante Al Ittihaddan Al Nasrga yo'l olishi mumkin

«Al-Ittihad» yarim himoyachisi Ngolo Kante klubini o'zgartirishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Al-Nasr»ning sobiq yuridik bo'lim direktori Saad Al Subayya bergan ma'lumotga ko'ra, Riyod klubi fransuz tayanch yarim himoyachisini safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda. Kelishuv yanvar oyi yakuniga qadar amalga oshishi mumkin.
Kante 2023 yilda «Chelsi»dan erkin agent sifatida «Al-Ittihad»ga kelib qo'shilgan. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda fransuz futbolchisi Saudiya klubi safida barcha musobaqalarda 25 o'yinda maydonga tushib, 2 gol urdi va 1 assist qayd etdi. Transfermarkt portali yarim himoyachining narxini 4,5 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing