RB Leyptsig Sanqt-Pauli bilan o‘yinda g‘alabani boy berdi

Germaniya Bundesligasining 19-turida Sanqt-Pauli o‘z maydonida RB Leyptsigni qabul qildi va uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O‘yin boshida mehmonlar faollik ko‘rsatdi: 8-daqiqada Ksaver Shlager zarbasida to‘p ustunga tegib maydondan chiqib ketdi. Keyinroq Riki-Djeid Jons jarima maydonida erkin qolgan bo‘lsa-da, darvozani nishonga ololmadi, ustiga-ustak, u ofsaydda ham edi. Birinchi bo‘lim oxirlarida Yan Diomandning uzatmasidan so‘ng Antonio Nusa zarba berdi, ammo darvozabon vaziyatni qutqardi.
66-daqiqada Leyptsig burchakdan to‘p oshirishda muvaffaqiyat qozonmadi, biroq hujum davom etdi va yakunda Diomand rikoshet yordamida hisobni ochdi — 0:1. Qo‘shimcha daqiqalarda David Raum jarima maydonida Marteyn Karsga nisbatan qoida buzdi va hakam penalti belgiladi. 11 metrdan Kars darvozabon yo‘nalishni topganiga qaramay, to‘pni darvozaga joyladi — 1:1.
Durangdan so‘ng “buqalar” turnir jadvalida to‘rtinchi pog‘onaga ko‘tarildi, Sanqt-Pauli esa pastdan ikkinchi o‘rinda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!