Al-Hilol muxlislari Teo Ernandesning hozirgi formasidan norozi

Fransuz himoyachisi Teo Ernandes «Milan»ni tark etib, Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi. Biroq yangi manzilda u kutilgan darajada o‘yin ko‘rsata olmayapti va «Al-Hilol» muxlislari futbolchining chiqishlaridan ochiqchasiga norozi bo‘la boshladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yaqinda Teo jamoasi navbatdagi mag‘lubiyatdan keyin ijtimoiy tarmoqlarda muxlislardan uzr so‘radi. Ammo bu post kutilgan ijobiy reaktsiya o‘rniga keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi.
Izohlarda muxlislar uning uzrlari “zerikarli” bo‘lib qolganini, vazn orttirgani va avvalgidek yugurmay qo‘yganini yozishdi. Ba’zilari esa Ernandes maydonda bor-yo‘g‘i “nom uchun” o‘ynayotgani, buni hatto Saudiya chempionatida ham ko‘rish mumkinligini ta’kidladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing