date

Al-Hilol muxlislari Teo Ernandesning hozirgi formasidan norozi

Al-Hilol muxlislari Teo Ernandesning hozirgi formasidan norozi

Fransuz himoyachisi Teo Ernandes “Milan”ni tark etib, Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi. Biroq u “Al-Hilol” safida kutilgan darajada taassurot qoldira olmayapti va bu muxlislarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yaqinda futbolchi jamoa navbatdagi mag‘lubiyatidan keyin ijtimoiy tarmoqlarda muxlislardan uzr so‘radi. Ammo javoban u izohlarda keskin tanqidlar va yoqimsiz fikrlarni eshitdi.

Kommentariyalarda muxlislar Teoning uzr so‘rashlari zeriktirib yuborgani, u semirib ketgani va avvalgidek yugurmay qo‘ygani haqida yozishdi. Ayrimlar esa himoyachi maydonda bor-yo‘g‘i “raqam uchun o‘ynayotgani”ni, hatto Saudiya chempionatida ham bu yaqqol ko‘rinayotganini ta’kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Hilol muxlislari Teo Ernandesning hozirgi formasidan norozi