PSJ sobiq darvozaboni Janluiji Buffonni tabrikladi

Parijning «PSJ» klubi o‘z safida o‘ynagan mashhur darvozabon Janluiji Buffonni tug‘ilgan kuni bilan qutladi. Chorshanba kuni italiyalik futbolchi 48 yoshga to‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub ijtimoiy tarmoqlardagi postida: «48 yosh muborak, Janluiji Buffon!» — deya yozdi.
Buffon «PSJ»da 2018/2019 yilgi mavsumni o‘tkazgan. O‘sha davrda u 25 uchrashuvda maydonga tushib, 25 ta gol o‘tkazib yuborgan. Parij jamoasi bilan Buffon Fransiya chempionligi va Fransiya Superkubogini qo‘lga kiritgan, mavsum yakunida esa «Yuventus»ga qaytgan.
Eslatib o‘tamiz, Buffon 2006 yilda Italiya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lgan. Finalda «skuadra adzurra» Fransiyani 1:1 hisobidagi durangdan keyin penaltilar seriyasida mag‘lub etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing