date

The Athletic talqinida tarixning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

The Athletic talqinida tarixning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic tomonidan tuzilgan futbol tarixidagi 100 nafar eng kuchli futbolchi roʻyxati keng muhokamaga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Reytingning ilk oʻnligi quyidagicha ko‘rinish olgan: Lionel Messi, Diyego Maradona, Pele, Yoxan Kroyf, Krishtianu Ronaldu, Alfredo di Stefano, Frants Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferents Pushkash va Mishel Platini.

Bunday ro‘yxatlarni mutlaqo xolis tuzish qiyin ekani ta’kidlanadi. Reddit’dagi izohlarda muxlislar o‘rtasida qizg‘in bahslar avj olgan, xususan, uch karra jahon chempioni Pele nega faqat uchinchi o‘ringa qo‘yilgani ayrimlarni norozi qilgan.

Shuningdek, afsonaviy darvozabon Lev Yashin ushbu reytingda 18-pog‘onadan joy olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » The Athletic talqinida tarixning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi