Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgadorni tayinladi

Argentina grandi «Boka Xuniors» klubida sport direktori o'zgardi: bu lavozim endi Marselo Delgadoga topshirildi. U jamoa prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub tarkibni tezkor kuchaytirishga muhtoj, shu bois Delgador va Rikelme tandemi yaqin transfer rejalarini shakllantirish hamda jamoani yangi nomlar bilan boyitish ustida ishlashi kutilmoqda.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham tanilgan: u Argentina terma jamoasi safida 1995–2002 yillarda 18 uchrashuv o'tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham maydonga tushgan.
Shuningdek, 2003 yilda u Libertadores kubogining eng sermahsul futbolchisi bo'lgan — bu ko'rsatkich bo'yicha «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan teng natija qayd etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!