Di Mariya Argentinada tanqid ostida qoldi va ayblovlar kuchaydi

Anxel di Mariya vatanga qaytgach, dastlab yaxshi taassurot qoldirdi, biroq keyinroq uning atrofida noxush muhit yuzaga keldi. Bu holat ko'proq o'yin natijalaridan emas, raqiblar va muxlislar noroziligidan kelib chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentina chempionatida «Rosario Sentral» safida to'p surayotgan sobiq «Manchester Yunayted» va «Real» futbolchisi maydonda tez-tez yiqilib, vaziyatni bo'rttirib ko'rsatadi degan da'volarga duch kelyapti. Mahalliy forumlarda «nega di Mariyani hiylalari uchun ogohlantirishmaydi», «u yulduz, ammo bunday harakatlar joniga tegdi», «shunday futbolchining penalti so'rab o'zini tashlashi achinarli» kabi e'tirozlar ko'paygan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing