date

The Athletic reytingi bo'yicha tarixning eng zo'r futbolchisi aniqlandi

The Athletic reytingi bo'yicha tarixning eng zo'r futbolchisi aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic nashri tuzgan futbol tarixidagi 100 nafar eng yaxshi futbolchi ro'yxati keng muhokama qilinmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Reytingning ilk o'nligi quyidagicha: Lionel Messi, Diyego Maradona, Pele, Yoxan Kroyff, Krishtianu Ronaldu, Alfredo Di Stefano, Frants Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferents Pushkash va Mishel Platini.

Bunday ro'yxatlarni mutlaq xolis shakllantirish mushkul ekani tabiiy. Reddit'dagi izohlarda futbol ishqibozlari o'rtasida bahslar qizib ketdi: ayrimlar uch karra jahon chempioni bo'lgan Pele nega faqat uchinchi o'rinda qolganidan norozi.

Shuningdek, darvozabonlar orasida afsonaga aylangan Lev Yashin ushbu reytingda 18-pog'onaga joylashtirilgani qayd etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » The Athletic reytingi bo'yicha tarixning eng zo'r futbolchisi aniqlandi