date

Ronalduning Al-Nasrdan ketishi yozda ham mumkin

Ronalduning Al-Nasrdan ketishi yozda ham mumkin

Al-Nasr hujumchisi Krishtianu Ronaldu klubni tark etish masalasini jiddiy o'ylab ko'rmoqda. The Touchline manbasi saud OAVlariga tayanib xabar berishicha, portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni Davlat investitsiya jamg'armasi klubning ayrim transferlarini to'xtatib, jamoaning chempionlik imkoniyatlarini kamaytirganiga ishonmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

41 yoshli yulduz Al-Hilol foydasiga qarorlar qabul qilinayotgani, ya'ni tarafkashlik borligidan norozi. Agar uning e'tirozlari inobatga olinmasa, Ronaldu mavsum yakunidan so'ng, kelayotgan yozdayoq Saudiya chempionatini tark etishi mumkin.

Qayd etilishicha, Ronaldu aynan shu sabablar tufayli jamoasining so'nggi ikki uchrashuvini o'tkazib yuborgan. Hozircha futbolchi maydonga qaytishni rejalashtirmayotgani ham aytilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronalduning Al-Nasrdan ketishi yozda ham mumkin