date

Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentinaning “Boka Huniors” klubi sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlanganini ma’lum qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Jamoa tarkibini tezkor kuchaytirish zarurati bor va yangi duet aynan shu yo‘nalishda ish olib borishi kutilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Marselo Delgado futbolchilik faoliyatida ham muhim iz qoldirgan: u Argentina terma jamoasida 1995–2002 yillarda 18 uchrashuvda maydonga tushgan, jumladan, 1998 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan. 2003 yilda esa Libertadores kubogida “Santos” hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga turnirning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi