Boka Huniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi

Argentina grandi «Boka Huniors» klubida sport direktori lavozimiga yangi mutaxassis tayinlandi — bu vazifani Marselo Delgado bajaradi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Rahbariyat jamoaga tezkor kuchaytirishlar zarurligini yashirmayapti va yangi tandem aynan shu yo‘nalishda ish olib boradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillar oralig‘ida Argentina terma jamoasi safida 18 ta o‘yin o‘tkazgan, jumladan 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan. 2003 yilda esa u Libertadores kubogida «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga turnirning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing