date

The Athletic talqinida tarixning eng zo'r futbolchisi aniqlandi

The Athletic talqinida tarixning eng zo'r futbolchisi aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic tuzgan futbol tarixidagi 100 nafar eng kuchli futbolchi reytingi keng muhokamaga sabab bo'lmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ushbu ro'yxatning ilk o'nligi shunday ko'rinish oldi: Lionel Messi, Diego Maradona, Pele, Yoxan Kroyf, Krishtianu Ronaldu, Alfredo di Stefano, Frants Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferents Pushkash va Mishel Platini.

Bunday reytinglarda mutlaq xolislikka erishish qiyin ekani ta'kidlanmoqda. Reddit’dagi izohlarda futbol ixlosmandlari o'rtasida qizg'in bahslar ketdi: ayrimlar uch karra jahon chempioni bo'lgan Pelening faqat uchinchi pog'onaga qo'yilgani bilan norozi.

Shuningdek, darvozabonlar orasida afsona hisoblangan Lev Yashin bu reytingda 18-o'ringa joylashtirilgani qayd etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » The Athletic talqinida tarixning eng zo'r futbolchisi aniqlandi