Boka Xuniors yangi sport direktorini rasman e'lon qildi

Argentinaning “Boka Xuniors” klubi sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlanganini ma'lum qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa tarkibini tez fursatda kuchaytirish zaruratiga duch kelgan va endi Delgado hamda Rikelme ushbu yo‘nalishda faol ish olib borishi kutilmoqda.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham nom qozongan: u 1995–2002 yillar oralig‘ida Argentina terma jamoasi safida 18 uchrashuvda maydonga tushgan, 1998 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan — “Santos” hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga bir xil natija qayd etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing