Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grandi «Boka Huniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini rasman e'lon qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Rahbariyat jamoani zudlik bilan kuchaytirish zarurligini yashirmayapti va ushbu tandem transfer hamda tarkibni yangilash bo'yicha ishlarni jadallashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham yaxshi tanilgan: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasi safida 18 uchrashuv o'tkazgan va 1998 yilgi Jahon chempionatida ham maydonga tushgan. 2003 yilda esa u Libertadores kubogida «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga musobaqaning eng yaxshi to'purari bo'lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing