Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grandi «Boka Huniors» yangi sport direktori kim bo‘lishini rasman e’lon qildi: bu lavozimni Marselo Delgado egalladi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa tarkibni tezroq kuchaytirishga muhtoj, shu bois Delgado va Rikelme transferlar hamda jamoani mustahkamlash masalalarida faol ish olib borishi kutilmoqda.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham nom qozongan. U 1995–2002 yillar oralig‘ida Argentina terma jamoasida 18 uchrashuv o‘tkazgan, jumladan 1998 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan — «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga musobaqada eng ko‘p gol urgan futbolchilar qatoridan joy olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!