date

The Athletic talqinida tarixdagi eng zo'r futbolchi aniqlandi

The Athletic talqinida tarixdagi eng zo'r futbolchi aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic tuzgan tarixdagi 100 nafar eng kuchli futbolchi reytingi keng tarqalmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ushbu ro'yxatning top-10 talqini quyidagicha: Lionel Messi, Diego Maradona, Pele, Yoxan Kroyf, Krishtianu Ronaldu, Alfredo di Stefano, Frants Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferents Pushkash va Mishel Platini.

Bunday reytinglarni mutlaqo xolis tuzish qiyin ekani tabiiy. Reddit’da futbol ishqibozlari orasida qizg'in bahslar avj oldi: ayrimlar uch karra jahon chempioni Pele nega faqat uchinchi o'rinda qolganidan norozi bo'ldi.

Shuningdek, darvozabonlar orasida afsonaga aylangan Lev Yashin bu reytingda 18-pog'onadan joy oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » The Athletic talqinida tarixdagi eng zo'r futbolchi aniqlandi