Boka Huniors Marcelo Delgadoni sport direktori etib tayinladi

Argentina grandi «Boka Huniors» klubda yangi sport direktorini rasman e’lon qildi. Bu lavozimga Marselo Delgado tayinlandi va u klub prezidenti, «Barselona»ning sobiq futbolchisi Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa tarkibini tezroq kuchaytirish zarurati borligi ta’kidlanmoqda. Endi Delgado va Rikelme transferlar hamda sport siyosati bo‘yicha muhim qarorlar ustida birga ishlashi kutilmoqda.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajriba to‘plagan. U 1995–2002 yillar oralig‘ida Argentina terma jamoasi safida 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan, jumladan 1998 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Shuningdek, Delgado 2003 yilda Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan. U bu ko‘rsatkichda «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan bir xil natija qayd etgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!