The Athletic tuzgan ro‘yxatda Messi tarixdagi eng yaxshisi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic tomonidan tuzilgan futbol tarixidagi 100 nafar eng yaxshi futbolchi reytingi faol muhokama qilinmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ro‘yxatning ilk o‘ntaligi quyidagicha: Lionel Messi, Diyego Maradona, Pele, Yoxan Kroyf, Krishtianu Ronaldu, Alfredo di Stefano, Frans Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferens Pushkash va Mishel Platini.
Bunday reytinglarni mutlaqo xolis tuzish qiyin ekani tabiiy. Reddit’dagi izohlarda futbol ishqibozlari o‘rtasida qizg‘in bahslar boshlandi: ayrimlar uch karra jahon chempioni Pele nega faqat uchinchi o‘ringa qo‘yilganidan norozi bo‘ldi.
Shuningdek, darvozabonlar orasida afsona sanaladigan Lev Yashin mazkur reytingda 18-pog‘onadan joy oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing