Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi

Argentina grandi “Boka Xuniors” klubi yangi sport direktorini rasman e’lon qildi — bu lavozimni Marselo Delgado egalladi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa tarkibini tezkor kuchaytirish zarurati borligi ta’kidlanmoqda. Endi Delgado va Rikelme oldida transfer bozorida aniq yechimlar topish hamda jamoani qisqa muddatda mustahkamlash vazifasi turibdi.
Delgado futbolchi sifatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillar oralig‘ida Argentina terma jamoasi safida 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan, jumladan 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan — bu ko‘rsatkichni “Santos” hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan bo‘lishib olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!