Al-Nasr Ronalduning ikki talabini bajarib, boykotni to'xtatdi

Krishtianu Ronaldu boykotni yakunlamoqda. Portugaliyalik yulduz dam olish kunlari Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Fateh»ga qarshi o'yinda maydonga tushishi kutilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
A Bola xabariga ko'ra, Ronalduning bosimi fonida «Al-Nasr» rahbariyati ikki muhim talabni bajardi. Birinchidan, Ar-Riyod klubi so'nggi soatlarda xodimlar oldidagi qarzdorliklarni yopdi. Ikkinchidan, Ronalduga yaqin bo'lgan sport bo'limi vakillari — Joze Semedu va Simau Kontinyo — o'z vakolatlarini qayta tikladi. Avvalroq ushbu ikki funksioner qishki transfer kampaniyasi jarayonida muhim rol o'ynay olmagandi.
«Al-Nasr» Pro-liga jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va «Al-Hilol»dan bir ochko ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing